Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:32

"Chelsi" murabbiysi Roberto Di Matteo iste‘fo berdi


Londonning "Chelsi" futbol klubi murabbiysi Roberto Di Matteo o‘z jamoasi Italiyaning "Yuventus" klubiga yutqazib qo‘yganidan so‘ng iste‘fo berdi.

Bu haqda Di Matteo klub rasmiy saytida yozib qoldirgan. Di Matteo o‘z bayonotida o‘z jamoasining o‘yinlaridan qoniqmaganini aytgan.

Chempionlar ligasi o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan kechagi bellashuvda "Yuventus" "Chelsi"ni 3:0 hisobida yengdi.

"Chelsi" joriy yilgi mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan edi. Biroq so'nggi oylarda klubning ishi yurishmayapti. Ohirgi to'rt o'yinda "Chelsi" g'alabaga erishgani yo'q.

Di Matteo o‘rnini 52 yoshli ispaniyalik murabbiy Rafael Benites egallashi aytilmoqda. Benites "Liverpul" va "Inter" kabi klublarga murabbiylik qilgan.
XS
SM
MD
LG