Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:20

Xitoy dunyodagi eng baland binoni 90 kunda qurmoqchi


Xitoylik muhandislar Shansi shahrida balandligi 838 metr bo‘lgan 220 qavtli binoni 90 kun ichida qurib bitkazishni mo‘ljallashmoqda.

Shansi Xitoy markaziy qismidagi Xunan viloyatining ma‘muriy markazidir.

Bu shaharda “Sky Citi” nomini oladigan osmono‘par bino qurilishi 628 million AQSh dollariga baholangan inshootni qurish ishlari shu oy oxiridan boshlanishi kutilyapti.

Buning uchun avvaldan tayyorlangan maxsus materiallar ishlatiladi. Bunday usul 2011 yilning dekabrida Xunan viloyatida 30 qavatlik mehmonxona binosini 15 kun ichida qurib bitkazish uchun ishlatilgan.

30 qavatlik bino 15 kun ichida ko‘tarilgani tasvirga tushirilgan video:



Ichida shinam uylar, idoralar, savdo majmualari va restoranlar joylashadigan ushbu bino 31400 odamni sig‘dira oladi va ularga 104ta tez harakatlanadigan lift xizmat qiladi.

Bino kamida to‘qqiz ballik zizilaga dosh bera olishi uchun uning konstruktsiyasi zanglamaydigan po‘latdan yasaladi.

Buning uchun 220 ming tonna po‘lat ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

"Sky City" deb nomlangan bu binoni qurish ishlari tugatilgandan keyin u hozirda mamlakatdagi eng ulkan bino sanalgan Shanxay minorasini ham ortda qoldiradi. Shanxa minorasining balandligi 632 metrni tashkil qiladi.

Ma‘lumki, dunyodagi eng baland bino Dubaydagi "Burj Halifa" hisoblanadi.

Olti yilda bunyod etilgan 162 qavatli "Burj Halifa" binosining balandligi 828 metrni tashkil qiladi.

“Sky Citi” dizaynini yaratishda ham "Burj Halifa" me‘morlari ishtirok etdi.

Balandligi bo‘yicha "Tokyo Skytree" hozir ikkinchi o‘rinda - 634 metr.

Balandligi 150 metrdan uzun bo‘lgan imoratlar osmono‘par bino hisoblanadi.

O‘tgan asr oxirlariga qadar osmono‘par binolar soni va balandligi bo‘yicha dunyoda AQSh yetakchilik qilgan.

21-asr boshidan bu borada Xitoy va Fors ko‘rfazi davlatlari oldinga o‘tib oldi.

Baland binolar va shahar muhiti bo‘yicha xalqaro kengash 2012 yilning eng yaxshi osmono‘par binolarini e‘lon qilgandi. G‘oliblik beshta binoga nasib etdi.

Yevropaning eng ko‘rkam osmono‘par binosi Italiyaning Milan shahridagi balandligi 161 metr bo‘lgan Palazzo Lombardia bo‘ldi.

Shimoliy va Janubiy Amerikada esa g‘oliblik Kanadaning Missisoga shahridagi balandiligi 158 metr Absolute Towers minoralar majmuasiga nasib etdi.

Osiyo va Avstraliyada Sidneydagi 1 Bligh Street (135 metr), Yaqin Sharq va Afrikada Qadar poytaxti Doxadagi Doha Tower (238 metr) eng yaxshi osmono‘par bino deb topildi.

Bundan tashqari, "Innovatsiya uchun" deb atalgan maxsus mukofot Abu-Dabidagi Al Bahar Towers (145 metr) binosiga berildi.
XS
SM
MD
LG