Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:43

Chagayev Peres bilan jangga tushmaydi


Kubalik og‘ir vaznli bokschi Mayk Peres va o‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev o‘rtasidagi jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda “R-Sport” nashri xabar qiladi.

Mazkur jang 1 dekabr kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi boks shousi doirasida o‘tkazilishi kerak edi.

Jangning qoldirilishiga Mayk Peres yelkasidan olgan jarohat sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ruslan Chagayev 2011 yil avgust oyida rossiyalik Aleksandr Povetkinga yutqazganidan buyon uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqandi.
XS
SM
MD
LG