Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:24

Toshkentda ko‘chmas mulk Markaziy Osiyoda eng arzon


Markaziy Osiyo biznes-uyushmasi hisobotiga ko‘ra, Toshkentda sotilayotgan uylar qo‘shni Ostona, Bishkek, Ashxobod va Dushanbega nisbatan ancha arzon.

Hisobotda Olmaota shahrida bir kvadrat metr uy-joy narxi 1940 AQSh dollari, Ashxobodda 800, Ostonada 1500, Bishkekda 1000 dollar ekanligi aytiladi.

Toshkentda esa sotilayotgan uy-joylarning bir kvadrat metri narxi qo‘shni poytaxtlarga nisbatan arzon - 700 AQSh dollari miqdorini tashkil etadi, deyiladi hisobotda.

Toshkent shahrida uy-joy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan 60 yoshli Maryam opa fikricha, Markaziy Osiyo biznes-uyushmasi uy-joy narxlarini belgilashda faqat Toshkent chekkasidagi mikrorayonlarini inobatga olgan:

- Toshkent markazida narxlar qimmat. Markazda ikki xonali uyni 40 ming dollarga olsa bo‘ladi. Lekin sal chetroqda narxlar bundan ancha arzon. Masalan, Chilonzor, TTZ mavzelarida ikki xonalik yaxshi planirovkali (28-30 kvadrat metr) kvartiralarni remonti bilan 25-28 ming, uch xonalikni 30-35 ming, to‘rt xonalikni 38-45 ming dollarga olsa bo‘ladi, deydi Maryam opa.

Maklerning aytishicha, Toshkentda uylar narxi yoz oyida o‘rtacha 3000 AQSh dollari miqdorida ko‘tarilgan va hozirda narx oshishi yana davom etmoqda.

Toshkentdagi uylar narxining Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari orasida eng arzon bo‘lib qolayotganini sharhlagan iqtisodchi Mirkomil Toshkandiy buning sabablarini uch omil bilan izohlaydi:

- Birinchidan, aholining xarid quvvati¸ masalan¸ o‘sha Olmaota yoki Bishkekka nisbatan pastroq. Ikkinchidan, Toshkentda uy-joy fondi boshqa poytaxtlarga nisbatan katta. Uchinchidan, Toshkent yopiq shahar. Shaharga viloyatlardan uy olmoqchi bo‘lganlar propiska qila olmaydi. Propiska bo‘lmasa¸ uy sotib olish huquqingiz yo‘q. Ko‘pchilik qarindoshlari, tanishlari nomiga olingan uylarda yashamoqda. Bu sabablar o‘z-o‘zidan narxlarning ko‘tarilmasligiga sabab bo‘ladi, deydi Mirkomil Toshkandiy.

Toshkent shahar hokimiyati veb saytida berilgan ma‘lumotga ko‘ra, 2009 yilda poytaxt aholisi soni 2 million 206 ming nafarga yetgan.

Norasmiy manbalar taxminicha¸ bugun Toshkentda 4-5milliondan ortiq odam istiqomat qiladi.
XS
SM
MD
LG