Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:21

Lionel Messi qirq yillik rekordni yangiladi


"Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi.
"Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi.
Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi bir taqvim yili ichida eng ko‘p gol kiritish bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi.

“Bavariya” jamoasi va G'arbiy Germaniya termasi hujumchisi Gerd Myuller tarafidan 1972 yili o‘rnatilgan 85ta golli rekord ko‘rsatkich qirq yildan buyon yangilanmay kelayotgandi.

Messi Ispaniya chempionatining 15-turida “Betis” jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol etdi.

Ushbu dubldan so‘ng Lionel Messi mavsum davomida kiritgan gollari sonini 86 ga yetkazdi va bu borada mutloq rekordchiga aylandi.




Argentinalik hujumchi 2012 yili ohirigacha yana uch marta rekordini yangilash imkoniyatiga ega, chunki dekabr o'yida "Barselona"ni yana uch uchrashuv kutib turibdi.

25 yoshli Messi birinchi marta rekord urayotgani yo'q. U 2011/2012 yilgi mavsumda "Barselona" tarkibida 73 gol urib, 1972/1973 mavsumida erishishilgan 67 gollik Gerd Myuller rekordini urgan edi.

Bundan tashqari Messi 2011/2012 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 50 gol urib, La Liga to'purariga aylangan edi.

Lionel Messi "Barselona" jamoasining to'purari ham hisoblanadi. U shu kungacha "Barsa" tarkibida 232 golga mualliflik qilgan.

Ayni damda Messi 21 goli bilan La Liga to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda. "Real Madrid" yarim himoyachisi Krishtianu Ronaldu esa 13 goli bilan ikkinchi o'rinda.

Lionel Messi joriy yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzod etib ko‘rsatilgan. FIFA tarafidan taqdim etiladigan ushbu unvonga Messi so‘nggi uch yil davomida egalik qilib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG