Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:47

Afg‘onistonda qutqaruv amaliyotida AQSh askari halok bo‘ldi


Afg‘onistonda AQSh harbiysi Tolibon tarafidan o‘g‘irlab ketilgan amerikalik shifokorni qutqaruv amaliyotida halok bo‘ldi.

Maxsus kuchlar vakili bo‘lgan askarning o‘limi haqida AQSh hukumati ma‘lum qildi.

Oq Uy bergan bayonotda muvaffaqiyatli yakunlangan qutqaruv amaliyoti “yuqori jasorat, mahorat va vatanparvarlik ruxida” o‘tgani aytiladi.

Afg‘onistondagi NATO kuchlariga ko‘ra, qo‘lga kiritilgan razvedka ma‘lumotlari o‘g‘irlab ketilgan shifokor Dilip Jozefning hayoti xafv ostida bo‘lganini ko‘rsatgan.

Yakshanba kuni o‘tkazilgan qutqaruv amaliyotida kamida yetti Tolibon jangarisi o‘ldirilgani aytilmoqda.

Dilip Jozef 5 dekabr kuni Kobul viloyatining Surobiy tumanida Tolibon jangarilari tarafidan o‘g‘irlab ketilgan edi.
XS
SM
MD
LG