Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:31

Solijon Sharipov: Botirovning O‘sh qirg‘iniga aloqasi yo‘q


Solijon Sharipov Bishkek aeroportida.
Solijon Sharipov Bishkek aeroportida.

Qirg‘izistonlik fazogir Solijon Sharipov bu fikrni Bishkekdagi “Manas” aeroportidan O‘shga uchib ketish arafasida kutilmaganda uni ko‘rib va tanib qolgan “Ozodlik” radiosi qirg‘iz xizmati muxbiri bilan qilgan qisqacha suhbati paytida bildirdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, Solijon Sharipov 9 dekbarda mehnat ta‘tiliga chiqqan hamda Moskvadan O‘shga borib, qarindosh-urug‘larini ziyorat qilib kelmoqchi bo‘lgan.

Solijon Sharipov O‘shda uch kun bo‘lishini aytdi. U aeroportda “Ozodlik” muxbirining savollariga javob berdi.

Солижон Шарипов: Ботировнинг Ўш қирғинига алоқаси йўқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00
Бевосита линк


Qirg‘iz matbuoti va mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev Solijon Sharipovni Qirg‘iziston hukumati tomonidan 2010 yilgi O‘sh qirg‘ini tashkilotchilaridan biri sifatida ayblanayotgan Qodirjon Botirov bilan hamkorlik qilganligini iddao qilib keladi. Bu iddaolarga ko‘ra, Solijon Sharipov O‘sh qirg‘inidan so‘ng ayni paytda qochqinlikda yurgan Qodirjon Botirovning mol-mulkini davlat musodara qilmasligi uchun o‘z nomiga noqonuniy ravishda o‘tkazib olgan.

Solijon Sharipov suhbat davomida bu iddaolarning asossiz ekanini ta‘kidladi.

- Siz haqingizda so‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari turli ma‘lumotlarni chop qilishayapti. Go‘yoki siz Qodirjon Botirovning universitetini xususiylashtirib olgan emishsiz. Buni qanday izohlaysiz?

- Bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Botirovning hech qanday mol-mulkini sotib olgan emasman. Men faqat “Do‘stlik” hissadorlik jamiyati aktsiyalarining bir qisminigina sotib olganman. Bu hissadorlik jamiyatining aktsiyalariga mingdan ortiq odam egadorlik qiladi.

- Ayrim gap-so‘zlarga qaraganda Solijon Sharipovning Qirg‘izistonga kelib ketishi qiyinlashib qolgan emish. Bu gap to‘g‘rimi?

- Hech qanday qiyinchilik yo‘q. Men hech qanday to‘siqlarsiz kelib-ketib yuribman. Kelganimda rasmiylar bilan ham uchrashaman. Menga nisbatan jinoyat ishi ochilgan emas, men jinoyat ham qilgan emasman. Buni hamma biladi va tushunadi. Afsuski, ayrimi jurnalistlar noto‘g‘ri ma‘lumotlarni tarqatmoqda.

-Siz bilan aeroportda uchrashdik. Qirg‘izistonga kelishdan maqsadingiz nima?

- Mehnat ta‘tiliga chiqqanman. O‘zganga-tug‘ilib o‘sgan shahrimga ketayapman. Qirg‘izistonda uch kun bo‘laman.

- Sizni Qodirjon Botirov bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan deyishadi. O‘zaro bordi-keldi qilganinglarni aytishadi. Bu gaplar to‘g‘rimi?

- U kishi mening do‘stim bo‘ladi. U bilan o‘ta yaqin munosabatdamiz.

-Botirov mening do‘stim deyapsiz. U bilan uchrashib qolganinigzida unga nisbatan bildirilayotgan ayblovlar haqida gaplashasizlarmi?

-Iyun voqeasi paytida u Qirg‘izistonda bo‘lmagan. U may oyining boshlarida chet elga chiqib ketgan. Uning bu voqealarga aloqasi yo‘q deb hisoblayman. Mana shu mavzuda gaplashmay qo‘ya qolaylik...

- Rossiyada qirg‘izistonlik o‘zbeklarning boshini birlashtiradigan tashkilot uyushtirilib, unga Botirov prezident, siz esa faxriy prezident sifatida saylanganingiz haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi. Bu qanchalik rost yoki yolg‘on?

- Yolg‘on. Mening faxriy prezident bo‘lganim, Botirov bu tashkilotga rahbarlik qilayotgani haqiqatga zid. Men “Rossiya va Qirg‘iziston do‘stligi” jamiyatining asoschilaridan biriman. Bor gap shu...
XS
SM
MD
LG