Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:48

Whitney Houston 2012 yilgi Google qidiruvida birinchilikni oldi


Uitni Hyuston dafn marosimida olingan surat.
Uitni Hyuston dafn marosimida olingan surat.
Joriy yilning 11 fevral kuni kutilmaganda vafot etgan amerikalik mashhur pop qo‘shiqchisi Uitni Hyuston nomi 2012 yili Google qidiruv tizimida eng ko‘p izlangan nom bo‘ldi.

Google shirkati e‘lon qilgan yil yakunlariga muvofiq¸ yer yuzidagi Google foydalanuvchilari qidiruvida janubiy koreyalik ashulachi PSYning iyun oyida chiqargan "Gangnam Style" qo'shig'i ikkinchilik, oktyabr oyida AQSh sharqiy sohiliga yopirilgan Sandy dovuli uchinchilikni qo‘lga kiritgan.

Apple shirkati tarafidan 2012 yilning mart oyida taqdim qilingan iPad 3 plansheti, shaxzoda Uilyamga turmushga chiqqan Keyt Middlton, Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlari va Amanda Todd kabi so‘zlar ham 2012 yilda Google orqali qidirilgan eng ommabop so‘zlar bo‘lgan.

2012 yili Google qidiruv tizimida eng ko'p izlangan so'zlarning to'liq ro'yxatini bu yerda ko'rishingiz mumkin.

Google shirkati o'tib ketayotgan yilda eng ko'p izlangan mavzularning video to'plamini ham chop etdi:

XS
SM
MD
LG