Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:59

Futbol: "Korintians" jahon chempioni


Braziliyaning “Korintians” futbol klubi yakshanba kuni Angliyaning “Chelsi” jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Final o‘yinidagi yagonga golga braziliyaliklar o‘yinchisi Xose Paolo Gerrero uchrashuvning 69-daqiqasida mualliflik qildi.

O‘yin davomida “Chelsi” jamoasida ham hisobni o‘zgartirish uchun qator imkoniyatlar bo‘ldi, biroq noaniq zarbalar va “Korintians” darvozaboni mahorati bunga yo‘l qo‘ymadi.

Uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda esa angliyaliklar maydonda o‘n kishi bo‘lib harakat qilishga majbur bo‘lishdi. Hakam qo‘pol o‘yin uchun himoyachi Gari Kexilni maydondan chetlatdi.



“Korintians” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi bor g‘alaba qozonib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniyaning “Barselona” klubiga yetib oldi.
XS
SM
MD
LG