Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:37

O‘zbekiston futbol federatsiyasiga FIFAning "Feyr pley" sovrini topshirildi


O‘zbekiston futbol federatsiyasi 2012 yil yakunlariga ko‘ra FIFAning halol o‘yin uchun beriladigan “Feyr Pley” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Nufuzli sovrinni 7 yanvar kuni Shvetsariyaning Syurix shahrida o‘tgan FIFA gala-tadbirida O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov qabul qilib oldi.

“Feyr pley” sovrini uchun nomzodlarning yakuniy ro‘yxatida Gvatemala futbol federatsiyasi hamda Turkiyaning “Eskishehirspor” futbol klubi o‘rin olgan edi.



O‘zbekistonning barcha terma jamoalari va klublarining halol o‘yin ko‘rsatishda eng yuqori ballar to‘plagani uchun O‘FF 2012 yil yakunlariga ko‘ra Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan ham “Feyr Pley” sovrini bilan taqdirlangan edi.
XS
SM
MD
LG