Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 11:37

Armstrong dopingga qarshi agentlikka pul taklif etgan


Yetti karra Tur de Frans g'olibi Lens Armstrong.
Yetti karra Tur de Frans g'olibi Lens Armstrong.
Amerikalik mashhur velopoygachi Lens Armstrong doping iste'mol qilganlikdagi ayblovlarni to'xtatish uchun AQSh dopingga qarshi kurashish agentligiga 250 dollar taklif qilgan.

2004 yilda ro'y bergan voqea to'g'risida Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra, Armstrong dopingga qarshi agentlikka 250 ming AQSh dollariga teng hayriya yordamini taklif etgan va buni evaziga unga qo'yilgan ayblovlar bo'yicha tekshiruvlarni to'xtatishni so'ragan.

Biroq agentlik rahbari Trevis Taygart velopoygachi taklifiga rozi bo'lmagan.

2012 yilning kuz oylarida AQSh dopingga qarshi agentligi Lens Armstrongni bir necha yillar davomida doping iste'mol qilib kelganini fosh etuvchi batafsil hisobot chiqardi.

Hisobotda Armstrong velopoygalar oldidan taqiqlangan preparatlardan foydalangani va jamoadoshlarini ham doping qabul qilishga undagani aytiladi.

Hisobot e'lon qilinganidan so'ng Lens Armstrong 1995-2005 yillarda yetti Tur de Frans musobaqasida erishgan g‘oliblik unvonlaridan mosuvo qilindi.

Amerikalik velopoygachi haligacha o'ziga nisbatan qo'yilgan ayblovlarni tan olmay keladi.
XS
SM
MD
LG