Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:28

So‘xlik tadbirkor: Bir haftalik yemagimiz bor


5-7 yanvar kunlari qo‘zg‘algan nizo ortidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar yopilib, qamalda qolgan So‘x anklavi aholisi bir haftadan so‘ng oziq-ovqatdan qisilishi mumkinligi aytilmoqda.


Farg‘ona viloyatining Qirg‘iziston hududida joylashgan eksklavi — So‘x tumani markazida kichikkina do‘koni bo‘lgan va ismini oshkor qilmasligimiz sharti bilan Ozodlikka intervyu bergan tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, qariyb 60 ming aholisi bo‘lgan tumanga oziq-ovqat, asosan, O‘zbekistondan boradi.

Un, yog‘, shakar, tuz va boshqa shu kabi zarur mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkor bir hafta ichida uning do‘konidagi zahira tugashi mumkinligini aytmoqda.

- Hozir hamma narsa bor sotishga. Lekin bir hafta ichida chegaralar ochilmasa, keyin qiyinchilik boshlanishi mumkin. Biz uchun asosiy muammo shu yo‘lda. Poytaxtga borib kelish biz uchun koni azob. Agar poshshoyimiz koridor ochib bersa edi, tinchgina Toshkentga o‘tib kelsak bo‘ldi edi. Bu janjalning hammasi shu yo‘ldan chiqayaptida, dedi ismini oshkor qilmayotganimiz tadbirkor.

So‘xliklardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda So‘xda tinchlik hukm surmoqda. Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev va boshqa mutasaddilar aholini osoyishtalikka chaqirib, uyma-uy yurib muloqotlar o‘tkazmoqda.

- Janjaldan beri chiroq ham o‘chmay qoldi. Gaz bor, hozircha hamma narsa bor. Faqatgina, odamlarda ozgina vahima borda. Yana janjal chiqib ketmasin, degan. Agar bir hafta ichida chegaralar ochilmasa, oziq-ovqatdan qiyinchilik boshlanishi mumkin, dedi so‘xlik tadbirkor.

Quyida u kishi bilan qurilgan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG