Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:39

FIFA: O'zbekiston Osiyo reytingida to'rtinchi o'ringa ko'tarildi


FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalarning yanvar oyidagi reytingida O‘zbekiston termasi o‘tgan oyga nisbatan 11 pog‘ona yuqoriladi va Osiyoning to'rtinchi jamoasi aylandi.

O'tgan oy natijalariga ko'ra, O'zbekiston FIFA jayon reytingida 67-pog'onadan joy olgan edi. Yanvar oyida esa terma jamoa 555 ochko to'plab, reytinda 56-o'ringa ko'tarilgan.

Osiyo reytingida esa O'zbekiston jamoasi bir necha oydan beri 5-pog'onani mustahkam egallab kelayotgan edi. Biroq yanvar oyida to'plangan ochkolar soni Mirjalol Qosimov shogirdlarini to'rtinchi o'ringa - Eron terma jamoasi egallab kelgan pog'onaga ko'tardi. Ayni damda eronliklar Osiyo reytingining 5-o'rnidan joy olishgan.

Osiyoning kuchli uchligi o'tgan oyga nisbatan o'zgarmadi - birinchi o'rinda Yaponiya, ikkinchi Janubiy Koreya va uchinchi pog'onada Avstraliya.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida o'zgarishlar bo'lgani yo'q - birinchi Ispaniya, ikkinchi Germaniya va uchinchi Argentina terma jamoalari. Murabbiy Fabio Kapello boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi o'tgan yilning noyabr oyida egallab o'lgan 9-chi pog'onani bo'shatgani yo'q.

Mintaqa mamalakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga FIFA reytingi birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi - Turkmaniston 129, Tojikiston 135, Qozog'iston 142, Qirg'iziston 198-o'rinda.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG