Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:02

Hamdo‘stlik kubogi-2013: Chorak finalda O‘zbekiston Rossiya bilan bellashadi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tayotgan Hamdo‘stlik kubogi-2013 musobaqasida qatnashayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda o‘tgan yilgi chempion Rossiya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatamiz, murabbiy Ahmadjon Musayev shogirdlari rossiyalik tengqurlari bilan musobaqaning guruh bosqichida bellashgan edi. Unda 2:2 durang natijasi qayd etilgan.

Chorak finalga chiqish uchun “B” guruhida kurash olib borgan o‘zbekistonlik yoshlar bir g‘alaba ikki durang bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallashgan edi.

Agar O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda Rossiyani mag‘lub etsa, yarim finalda Belarus-Qozog‘iston juftligi g‘olibi bilan to‘qnashadi.

Chorak final o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG