Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:06

Bashar Asad masjidga bordi


Suriya hukumat telekanali prezident Bashar Asadning mavlud munosabati bilan masjidga borganini namoyish qildi.

Videolavhada Bashar Asad Damashqning al-Afram masjidida Suriya muftiysi bilan bir qatorda turib namoz o‘qiyotgani aks etgan. Asad 6 yanvar kuni ham xalq orasida chiqish qilib, hokimiyatdan ketmasligini aytgan edi.

Suriyaning diniy ishlar bo‘yicha vaziri Abdul Sattor bugungi juma namozida masjidga borganlarni mamlakatda tinchlik o‘rnatilishini iltijo qilib duo qilishga chaqirdi.

BMT ma‘lumotiga qaraganda, Suriyada 22 oydan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarda 60 mingdan ortiq odam xalok bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG