Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:23

Olmaotada samolyot halokatida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi


29 yanvar kuni ertalab Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinida yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi.

Xabarlarga ko‘ra, halokat oqibatida samolyot bortidagi barcha yo‘lovchi nobud bo‘lgan.

Newsru.com nashrining xabar qilishicha, voqea joyida qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Hukumatdagi manbaga tayanib, KazTag axborot agentligining xabar berishicha, yo‘lovchi samolyot Olmaota shahri aeroportga besh kilometr qolganda yerga qulagani oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

SCAT aviashirkatiga qarashli Challenger-200 rusumidagi samolyot "Ko‘kchatov-Olmaota" reysini amalga oshirayotgan paytda halokatga uchragani aytilmoqda.

RIA Novosti axborot agentligiga ko‘ra, yerga qulagan samolyot bortida 16 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekapaj a‘zolari bo‘lgan.

SCAT aviashirkatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma‘lumotiga ko‘ra, yo‘lovchi samolyot yomon ob-havo sharoitida ikkinchi marta qo‘shishga harakat qilayotgan paytda yerga qulagan.

29 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev aviahalokat paytida qurbon bo‘lganlar oila a‘zolari va yaqinlariga ta‘ziya izhor qildi.

“Biz SCAT aviashirkatiga qarashli samolyot Olmaota viloyatining Qiziltu posyolkasida halokatga uchragani oqibatida odamlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni qayg‘u bilan qabul qildik. O‘lganlar oila a‘zolari va yaqinlariga Qozog‘iston xalqi va o‘z nomimdan ta‘ziya izhor qilaman, deyilgan Qozog‘iston prezidenti ta‘ziyasida.

Nazarboyev tegishli davlat idoralariga halokat sababini o‘rganish va o‘lganlar oila a‘zolariga kerakli yordam berish haqida ko‘rsatma bergan.

Lenta.ru nashri xabariga ko‘ra, Qozog‘iston prokuraturasi Olmaota yaqinidagi aviahalokat bo‘yicha QR Jinoyat kodeksining 3-qism, 295-moddasi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport xavfsizligi, harakati va ekspluatatsiyasi qoidalarini buzganlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

2012 yil 25 dekbar kuni kechqurun Chimkent shahri yaqinida harbiy-transport samolyoti yerga qulagani oqibatida Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati rahbarlari, jumladan, besh polkovnik, to‘qqiz podpolkovnik, jami 20 zobit va samolyot ekipajining 7 a‘zosi halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG