Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:07

Naqd valyuta almashmasligi xabari “Qora bozor”ni junbushga keltirdi


O‘zbekiston sobiq Sovet respublikalari orasida chet el valyutalari qora bozori mavjud bo‘lgan yagona davlatdir.
O‘zbekiston sobiq Sovet respublikalari orasida chet el valyutalari qora bozori mavjud bo‘lgan yagona davlatdir.
Chet el valyutasi O‘zbekistondagi banklar orqali joriy yil 1 fevralidan boshlab faqat pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi haqidagi ma‘lumot tarqalishi ortidan mamlakat “Qora bozor” larida AQSh dollari narxi ko‘tarila boshladi.

Xorazm¸ Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi tadbirkorlarning aytishicha¸ yil boshidan beri arzonlab ketgan AQSh dollar narxi 30 yanvar kuni yana qimmatlagan.

Yangi yil boshida 100 AQSh dollari 264 000 so‘mga xarid qilinayotgani haqida xabar bergandik.

30-yanvar kuni bu ko‘rsatkich "qora bozor" 290 000 so‘mni tashkil qilgan.

Markaziy bank belgilagan rasmiy kurs esa hamon 100 AQSh dollari uchun 198 000 ming so‘m darajasida qolmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan va o‘zini Arslon deb tanishtirgan 44 yashar tadbirkorga ko‘ra¸ yangi yildan beri sokin turgan “valyuta” bozorida chorshanba kuni chayqalish kuzatilgan:

- Qora bozor oshishni boshladi. Odamlar orasida har xil gap. Obmenniklar yopilarmish¸ naqd dollar taqiqlanadi degan gaplar boshlandi. Tadbirkorlar 1 fevralgacha bank va almashtiruv punktlaridan mavjud qoidalar asosida valyuta olish uchun jadal harakatlarni boshlab yubordi. Talab kuchayganidan keyin narx oshdi¸ deydi tadbirkor.

Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi tadbirkorlar ham naqd valyuta sotib olish bilan bog‘liq vaziyatning mavhumligi bois dollar tanqislashganidan nolishdi.

O‘zbekiston banklari jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotmasligi bilan bog‘liq yangi qoida esa mamlakat moliyaviy bozorini tartibga solish yo‘lidagi yana bir urinish sifatida ko‘rilmoqda.


Markaziy bank bayonoti


30 yanvar kuni O‘zbekiston Markaziy banki rasmiy gazetalarda maxsus bayonot tarqatdi.

Bayonotda 2013 yilning 1 fevralidan boshlab respublika aholisiga chet el valyutasini sotishning takomillashtirilgan tartibi hech bir tarzda sarosima keltirib chiqarmasligi ta‘kidlandi.

Bayonotga ko‘ra¸ O‘zbekistonda valyuta sotishning bu tartibi tajriba tarzida o‘zini oqlagani aytildi.

"O‘zbekistonda bunday operatsiyalar 1994 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizning yigirmadan ortiq vakolatli tijorat banki tomonidan xalqaro to‘lov kartochkalari muomalaga chiqarilmoqda hamda ulardan 233 mingdan ortiq jismoniy shaxslar keng foydalanmoqda", deyiladi bank bayonotida.

Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston milliy bankining ismini aytishini istamagan mulozimiga ko‘ra, mamlakatda elektron to‘lovning mukammal tizimi valyuta amaliyotlarini tez ijro qilinishini ta‘minlay oladi.

- Barcha tijorat banklari “VISA International”, “MasterCard” kabi xalqaro to‘lov tizimlarining to‘laqonli a‘zosi hisoblanib, ular real vaqt rejimidagi banklararo to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “SWIFT” xalqaro tizimiga ulangan¸- deydi mulozim.

Markaziy bank bayonotida valyuta almashtirish bilan shug‘ullanuvchi mulozimlar zimmasiga majburiyat yuklovchi mana bu satrlar ham bor.

"Bankning mas‘ul xodimlari tez va qisqa muddatda ariza beruvchi-jismoniy shaxsning xorijda barcha hisob-kitoblarni cheklanmagan holda amalga oshirish imkonini beruvchi xalqaro to‘lov kartochkasiga chet el valyutasini o‘tkazib berish orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirishga majbur", deyiladi Markaziy bank bayonotida.


Majburiy choralar


Ozodlik suhbatlashgan tahlilchilarga ko‘ra, chet el valyutasi savdosini cheklovchi yangi tartib mamlakat byudjetini valyuta zahiralari bilan to‘ldirishga qaratilgan majburiy choralardir.

So‘nggi paytda O‘zbekiston byudjeti xarajatlarini, jumladan pensiya va nafaqalar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar mamlakat xazinasidagi kamomad haqida ishoratdir¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda tahlilchi Malik Abdurazzoqov.

Suhbatdoshga ko‘ra, o‘tgan bir yil ichida aholiga to‘lanadigan pensiya va nafaqalar kesilishi mamlakat moliyaviy tizimi barqarorligini savol ostiga qo‘yadigan omildir.

- Mamlakatda hozir ham valyuta qora bozorining mavjudligi moliyaviy muhit nosog‘lomligi belgisidir¸ deydi tahlilchi.

O‘zbekiston sobiq Sovet respublikalari orasida chet el valyutalari qora bozori mavjud bo‘lgan yagona davlatdir.
XS
SM
MD
LG