Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:54

Ahmadiynajod ilk kosmonavt bo‘lishga tayyor – MakKeyn uni “maymun”ga qiyosladi


Eron Kosmos texnologiyalari milliy kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda 65 yoshli Mahmud Ahmadiynajod Islomiy Respublikaning ilk kosmonavti bo‘lishga tayyorligini izhor qildi.
Eron Kosmos texnologiyalari milliy kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda 65 yoshli Mahmud Ahmadiynajod Islomiy Respublikaning ilk kosmonavti bo‘lishga tayyorligini izhor qildi.
Mahmud Ahmadiynajodning o‘nqir-cho‘nqirlarga boy bo‘lgan prezidentlik davri yakuniga yetib, u iqtidordan ketgach ham o‘z siyosiy ta‘sirini saqlab qolishga qattiq urinayotgani yaqqol ko‘zga tashlanib qolgan bir paytda ikki muddat prezident bo‘lgan Tehronning sobiq hokimi o‘z harakatu bayonotlari bilan ko‘pchilikni lol qoldirishda davom etmoqda.

Tunov kuni Eron Kosmos texnologiyalari milliy kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Eronning o‘zida ishlab chiqarilgan ikkita sun‘iy yo‘ldoshni taqdim qilar ekan 65 yoshli prezident Islomiy Respublikaning ilk kosmonavti bo‘lishga tayyorligini izhor qildi.

Izdihomda chiqish qilar ekan Ahmadiynajod Eron “yoshlari to‘rt-besh yil ichida odamni fazoga uchirish” niyatlaridan mamnun ekanini bildirdi.

“Men mamlakatimiz olimlari qurbonlikka keltirgan birinchi eronlik bo‘lishga va fazoga uchishga tayyorman. Buning uchun boshqa ko‘plab nomzodlar borligini ham tushunaman, albatta”, deya Ahmadiynajoddan iqtibos keltirdi Farns Press agentligi.

Ahmadiynajodning hazilomuz pisandasi Eronning o‘tgan hafta fazoga maymunni uchirgani va u eson-omon Yerga qaytgani to‘g‘risidagi iddaolar yuzasidan bildirilayotgan shubhalar ortidan qilindi. Boz ustiga Eronning “stels” texnologiyasi bo‘yicha radarlarga chap berish imkoniga ega uchiqichlarni yasashda “jiddiy” natijalarga erishganiga oid iddaolari ham ko‘pchilik tomonidan shubhalar bilan qabul qilindi.

Ayni paytda, Eron yetakchilariga nisbatan qattiq chiqishlari bilan tanilgan AQSh Senatori Jon MakKeyn Ahmadiynajodning kosmonavt bo‘lishi orzulariga javoban Eron prezidentini maymunga qiyosladi.

“Ahmadiynajod fazoga uchgan ilk eronlik bo‘lmqochi ekan – o‘tgan hafta fazoga uchgan o‘zi emasmidi?” deya hazil qildi AQSh prezidentligiga sobiq nomzod MakKeyn Twitter sahifasi orqali.


Davlat rahbarini maymunga qiyoslashi tanqidlarga uchrashi mumkinligiga farosati yetgan MakKeyn buni hazilga yo‘yib, vaziyatni yumshatishga harakat qildi:

"Eron fazosi haqidagi tvitga izoh - hazilni to‘g‘ri tushunasiz", qabilidagi tvitni qoldirdi.


Haqiqatan, MakKeynning tviti jiddiy e‘tirozlarga sabab bo‘ldi. Uning Respublikachilar partiyasi bo‘yicha safdoshi AQSh Vakillar palatasi a‘zosi Jastin Emash MakKeynning o‘z "tvitini olib tashlamagani va uzr so‘ramaganidan taassufdaman", deya tvit qoldirdi. Emash senator MakKeynning bayonotidan irqchilik isi kelishini ta‘kidladi.

2010 yilda Eron fazoga sichqon, toshbaqa va chuvalchanglar solingan raketani uchirganini e‘lon qilgan edi. 2011 yildagi sinov paytida esa raketaga mingan maymun halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG