Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:41

Futbol: O‘zbekiston Gonkong bilan bellashadi


Bugun, 6 fevral kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2015 yili o‘tadigan Osiyo kubogi saralash bahslari dorasidagi dastlabki uchrashuvda Toshkentda Gongkong terma jamoasi bilan bellashadi.

5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Mirjalol Qosimov yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan yig‘indan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi rasmiy o‘yinlarga tayyor ekanini bildirdi.

Bungacha O‘zbekiston termasi Gonkong jamoasi bilan besh marta bellashgan. Ularning uchtasida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozongan, ikkitasida esa durang natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham O‘zbekiston oldinda – 8:3.

Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida o‘tadigan o‘yin mahalliy vaqt bo‘yicha 16:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG