Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:48

O‘zbek mashinasini dollarda sotish tartibi saqlanib qoldi


Bu haqda xabar tarqatgan O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarning avtomobil sotib olish uchun chet el valyutasini qayerdan sotib olishiyu nega oldi-berdi qonunga ko‘ra milliy valyutada bo‘lishi shart mamlakatda ichkarida ishlab chiqarilayotgan mashinalarning dollarda sotilishi lozimligi xususida izoh bermadi.

O‘zbekistonda 1 fevraldan boshlab jismoniy shaxslarga chet el valyutasini bank to‘lov kartochkalaridan foydalangan holda sotishning yangi tartibi joriy etilishi ortidan, O‘zbekiston Markaziy banki 6 fevral kuni avtomobil va aviachiptalarni rezident va norezidentlarga chet el valyutasida xarid qilishga oid eski tartib saqlanib qolinishi haqida xabar tarqatdi.

O‘zbekiston Markaziy bankining ishonch telefonidagi o‘zini tanishtirmagan mutaxassisning Ozodlikka aytishicha, mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillarni chet el valyutasida sotib olish tizimi o‘z kuchini saqlab qoladi. Bunday savdo uchun fuqarolar tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlaridan bank to‘lov kartochkalaridan foydalangan holda to‘lashlari mumkin:

- Yangi tartibga ko‘ra sizga almashtirib beriladigan valyuta VISA kartochkasiga o‘tkaziladi. Bu kartochka faqat xorijda ishlaydi. O‘zbekistonda esa dollarga avtomobil sotib olmoqchi bo‘lsangiz, avvalgiday boshqa kartochka ochasiz. Bankka naqd valyuta olib borib topshirasiz.

O‘zbekiston Markziy banki shu mashinani faqat dollarda sotish vakolatini olmagan. So‘mda sotilayotgan mashinalarimiz ham ko‘p. Naqd valyutani oldin qanday qilib topgan bo‘lsangiz shunday topasiz endi. Mashina olish uchun so‘mni valyutaga almashtirish uchun O‘zAvtopromga borasiz, u sizni so‘mingizni valyutaga almashtirib beradi¸ dedi Ozodlik muxbiri suhbatlashgan Markaziy bank xodimi.

Markaziy bank xodimining bu gapidan so‘ng, “O‘zavtosanoat”ning Andijon viloyatidagi bo‘limlaridan biriga qo‘ng‘iroq qildik. O‘zini tanishtirmagan avtosalon sotuvchisi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mashinalarning hammasi emas¸ balki ayrimlarininggina AQSh dollariga sotilishini oydinlashtirdi:

- Faqat dollarga “Kobalt”ning 1,2 pozitsiyasini va “Malibu”ning 1,2 pozitsiyasini sotib olishingiz mumkin. Buning uchun dollar tushirilgan plastik kartochkangizni taqdim qilishingiz mumkin. So‘mingizni dollarga aylantirish bizning vazifamiz emas, deydi avtosalon xodimi.

Mavzuni o‘rganish jarayonida Ozodlik muxbiri O‘zbekistondagi “Asakabank”ning Farg‘ona viloyati bo‘limiga mijoz sifatida qo‘ng‘iroq qildi. Bankning o‘zini tanishtirmagan mulozimi, 1 fevraldan buyon chet el valyutasi konvertatsiyasi to‘xtatilganini aytdi:

- Faqat chet elga chiqayotganlar uchun plastik kartaga valyuta tushirib berilyapti. Bizda naqd sotuv to‘xtatilgan. Mashina olish uchun so‘mni valyutaga almashtirib plastik kartochkaga tushirib bera olmaymiz. Farg‘ona bo‘yicha ham, butun O‘zbekiston bo‘yicha ham konvertatsiya qilish to‘xtatilgan¸ dedi "Asakabank" xodimi.
XS
SM
MD
LG