Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:13

Qurmonbek Bakiyev sirtdan 24 yilga kesildi


Bishkek garnizoni Harbiy sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmonbek Bakiyev va uning ukasi — Davlat Soqchilik xizmatining sobiq rahbari Jenish Bakiyev ustidan chiqarilgan hukmni ma‘lum qildi.

Qurmonbek Bakiyev 24 yillik qamoq jazosi va mol-mulkining musodara qilinishi bilan jazolandi. Uning ukasiga esa umrbod qamoq va mul-mulkini musodara qilish jazosi belgilandi.

2010 yil aprelida Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan voqealaridan so‘ng sobiq prezident va uning yaqinlariga ommaviy qotillik hamda xizmat vakolatlarini suiste‘mol qilish bilan bog‘liq ayblovlar e‘lon qilingan edi.

Sobiq prezident Qirg‘izistonni tark etgan va Belorusdan boshpana topgan. U va uning oila-a‘zolari esa xalqaro qidiruvga berilgan.
XS
SM
MD
LG