Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:21

Toshkent aeroportida dollarni ruxsatsiz olib ketayotganlar ushlandi


Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston fuqarosi Kravchenko 15 ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi. Hozirda Kravchenko ishi bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari davom etayapti.

Toshkent aeroporti bojxona xizmati xodimlari ushbu ma‘lumotni tasdiqladi. Ismini oshkor qilmayotganimiz bojxona mutaxasisiga ko‘ra, S. Kravchenko Moskvaga uchayotgan payti 15 ming AQSh dollari bilan ushlangan.

Shuningdek, Dubayga ketayotgan toshkentlik E. Mavlonov ham 3500 AQSh dollari bilan ushlangan.

Suhbatdoshimiz bojxona mutaxasisiga ko‘ra, ikkala holatda ham qonunbuzarlarning shaxsini himoya qilish maqsadida ularning ismlari to‘liq oshkor qilinmayapti.

“Bu hali yaqinda bo‘ldi. Ularga nisbatan ma‘muriy yoki jinoiy, aniq hukm e‘lon qilingach, ularning ismlarini to‘liq e‘lon qilishimiz mumkin. Hozirda bojxona surishtiruvlari davom etayapti. Biz to‘plangan ma‘lumotlarni tegishli organlarga berganmiz” dedi bojxona xizmati mutaxasisi.

Toshkent aeroporti bojxona xizmatining navbatchi xodimiga ko‘ra, Toshkent aeroportida naqd xorijiy valyutani noqonuniy olib o‘tishga urinish holatlari deyarli har kuni kuzatiladi.

“Bizda dollar bilan ushlash har kuni bo‘ladi. Ko‘pchilik yonidagi dollarni T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatcam bo‘ldi deb o‘ylaydi. Ular ruxsat etilgan 2000 dollardan ortiq pullariga tegishli ruxsat olishmaydi. Endi odatda 200, 300 yoki 500 dollar ortiqcha pul bilan ushlash tez-tez bo‘ladi. Katta summada dollar olib chiqish kamdan-kam kuzatiladi” dedi bojxona xizmati navbatchisi.

Toshkent aeroporti bojxona xizmatidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, ruxsatsiz olib chiqilayotgan pul davlat foydasiga musodara qilinadi va fuqaroga jarima solinadi.

Amaldagi qonunlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun 2000 dollar ekvivalentidagi pulni olib chiqishga ruxsat etiladi. Lekin 2000 dollardan 5000 dollar ekvivalentigacha bo‘lgan pul uchun vakolatli bankning ruxsati talab qilinadi. 5000 dollar ekvivalentidan ko‘p bo‘lgan pulni faqat Markaziy bankning maxsus ruxsati bilan olib chiqish mumkin.

Ozodlik muxbiri suhbatlashgan Markaziy bank xodimi bankdan ruxsat olish jarayonining ancha murakkabligi uchun fuqarolarga pullarini plastik kartochkaga o‘tkazib, olib chiqishni tavsiya qiladi.

Plastik kartochkada olib chiqiladigan pul miqdoriga qonunda hech qanday cheklov yo‘q.

Lekin Ozodlik manbalariga ko‘ra, keyingi paytda bittadan ko‘p plastik kartochkani xorijga olib chiqayotganlarning ushlangan holatlari ham kuzatilayapti.
XS
SM
MD
LG