Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:50

Apple hakerlar hujumiga uchradi


Apple shirkati hakerlar hujumiga uchraganini e‘lon qildi.

Shirkatga ko‘ra, noma‘lum hakerlar shirkat xodimlari tarafidan ishlatilgan Makintosh kompyuterlariga virus dasturlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan.

Bosh qarorgohi AQShda joylashgan Apple kompaniyasiga bo‘lgan hujum o‘tgan hafta Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qilingan hujumga o‘xshab ketishi aytilmoqda.

Apple shirkati viruslar faqat bir nechta kompyuterlarni zaharlagani va mijozlar haqida hech qandaы ma‘lumot shikast yemagani yoki o‘g‘irlanmaganini bildirdi.

Ayni damda hakerlik hujumi ortida kimlar turgani noma‘lum.

Biroq AQSh ommaviy axborot vositalari so‘nggi vaqtda AQSh kompaniyalariga uyushtirayotgan kiber-josuslik hujumlarida Xitoy harbiylarini ayblab kelmoqda.

AQSh hukumati bu masalani Xitoy hukumati va harbiy kuchlari rasmiylari bilan o‘tgan uchrashuvlarda bir necha bor ko‘targan edi.
XS
SM
MD
LG