Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:11

Futbol: O‘zbekiston yoshlari Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi


Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekistonning 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Turkiya yoshlar termasiga 5:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv boshidanoq mezbonlar tashabbusni o‘z qo‘liga olishdi va birinchi bo‘limning 2, 8, 11-daqiqalarida tezkor gollar kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shundan so‘ng himoyaga katta e‘tibor qaratgan Ahmadjon Musayev shogirdlari 32 va 57-daqiqalarda hisobni 3:2 yetkaza olishdi. O‘zbekistonning ikkala goliga ham Igorь Sergeyev mualliflik qildi.

Ammo turkiyaliklar o‘yin so‘ngida bosimni kuchaytirib, o‘zbekistonliklar darvozasini yana ikki bor ishg‘ol etishdi. Uchrashuv 5:2 hisobida yakunlandi.

Eslatamiz, Ahmadjon Musayev shogirdlari 2013 yilning yoz oylarida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Turkiyada o‘tadigan Jahon chempioantida qatnashish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.
XS
SM
MD
LG