Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:29

AQShning uchuvchisiz uchqichlari hujumida 4700 odam o‘ldirilgan


AQSh Senatori Lindsey Grehem Amerika harbiylarining uchuvchisiz uchqichlar yordamida shu kungacha uyushtirgan hujumlarida jami 4 ming 700 odam, shu jumladan tinch aholi vakillari ham o‘ldirilgani haqidagi ma‘lumotni e‘lon qildi.

Bu AQSh qonunchisi yoki hukumat mulozimi tomonidan Pokiston, Yaman va boshqa hududlarda terrorga qarshi kurash doirasida uyushtirilayotgan shunday hujumlardagi qurbonlar soniga oid ilk bayonotdir.

Terrorchilarga qarshi kurashda uchuvchisiz uchqichlardan foydalanishni quvvatlab kelayotgan senator so‘zlaridan iqtibos Janubiy Karolinadagi Easley Patch saytida berildi.

Asli shu shtatdan bo‘lgan senatorning idorasidan bu xabarga hozircha biror munosabat bildirilgani yo‘q.
XS
SM
MD
LG