Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:01

Oskar mukofotlari topshirildi


Eng yaxshi film nominatsiyasida Ben Afflek suratga olgan “Argo” filmi Oskar sohibi bo‘ldi.
Eng yaxshi film nominatsiyasida Ben Afflek suratga olgan “Argo” filmi Oskar sohibi bo‘ldi.
Hollivudda 85 marta Amerika kinoakademiyasining oliy mukofoti – Oskar haykalchalari topshirildi. Yakshanba kuni tunda Hollywood & Highland Centre saroiyda o‘tkazilgan tantanali marosimni taniqli rejissyor va aktyor Set Makfarleyn olib bordi.

Eng yaxshi film nominatsiyasida “Argo” filmi g‘alaba qildi. Ben Afflek suratga olgan bu filmda 1979 yilda Erondagi AQSh elchixonasi garovga olinishi voqealari tasvirlangan.

Oskar marosimlari odatiga zid tarzda, eng yaxshi film nominatsiyasi g‘olibini AQSh birinchi ayoli Mishel Obama e‘lon qilgani ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi.

- Oskar mukofotiga “Argo” filmi sazovor bo‘ldi. Tabriklayman,- deya film mualliflarini olqishladi Obama xonim.

"Argo" filmida rejissyor Ben Afflek bosh rollardan birini ijro etgan.
"Argo" filmida rejissyor Ben Afflek bosh rollardan birini ijro etgan.
“Argo” filmda 1979 yilda Erondagi Islomiy inqilobdan keyin garovga olingan AQSh elchixonasidan qochib chiqqan amerikalik olti diplomat Kanada elchisi qarorgohida yashirinib olgani bilan bog‘liq voqealar hikoya qilingan.

Mukofotni qabul qilib olgan rejissyor va bosh rol ijrochisi Ben Afflek Eron xalqiga ham hurmat bajo keltirishini bildirdi.

- Filmda qatnashgan, film ustida ishlagan film bilan bog‘liq faoliyatda ishtirok etgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiraman. Men kanadalik do‘stlarimiz, Eronda og‘ir sharoitda hayot kechirayotgan do‘stlarimizga minnatdorchilik bildiraman,- dedi Afflek.

Lekin Afflek Amerika kinoakademiyasi tarafidan eng yaxshi rejissyor nomnatsiyasiga ilgari surilmadi. Bu nominatsiya bo‘yicha Oskar haykalchasi “Payning hayoti” filmini suratga olgan tayvanlik rejissyor Ang Liga nasib etdi.

Britaniyalik aktyor Deniyel Dey-Lyuis nomdor rejissyor Stiven Spilbergning “Linkoln” filmida bosh qahramon rolini mahorat bilan ijro etgani uchun eng yaxshi aktyor o‘laroq Oskar bilan taqdirlandi.

Deniyel Dey-Lyuis Amerika kinoakademiyasi tarafidan bosh rolni ijro etgan aktyor sifatida eng yaxshi aktyor tanlovida uchinchi marta taqdirlanmoqda va bu o‘ziga xos rekorddir.

- Men bir inson umri davomida erishishi mumkin bo‘lgan omaddan ko‘ra ko‘prog‘iga loyiq deb topilganimni yaxshi tushinaman, buning uchun kinoakademiyadan bag‘oyat minnatdorman,- dedi uch karra Oskar sovrindori Dey-Lyuis.

Jenifer Lourens “Yigitim savdoyi” filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi.
Jenifer Lourens “Yigitim savdoyi” filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi.
​22 yashar Jenifer Lourens “Yigitim savdoyi” filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi. Oskar mukofotiga ilk bor sazovor bo‘lgan Lourens bosh rollardan birini ijro qilgan filmda ruhiy va emotsional qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan yigit va qiz sevgi hikoyasi aks etgan.

Amrikalik taniqli aktirisa Enn Xeteuey frantsuz klassigi Viktor Hyugo asari asosida suratga olingan “Xo‘rlanganlar” musiqali filmida Fantin rolini ijro etgani uchun ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa, deya tan olindi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Oskar haykalchasi avstriyalik aktyor Kristof Valtsga nasib etdi. Valts Hollivudning sara rejissyori Kventin Tarantino suratga olgan “Ozod Jango” vesternida ekstsentrik yollanma qotil Doktor King Shults rolini ijro etib, oliy mukofotga sazovor, deb topildi.

Kristof Valts Hollivudning sara rejissyori Kventin Tarantino suratga olgan “Ozod Jango” vesternida roli uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Kristof Valts Hollivudning sara rejissyori Kventin Tarantino suratga olgan “Ozod Jango” vesternida roli uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘ldi.
- Men Doktor King Shultsdan beqiyos minnatdorman, ya‘ni uni va uning ilhombahsh dunyosini yaratgan Kventin Tarantinoga cheksiz minnatdorchilik bildiraman,- dedi asli avstriyalik aktyor.

Valts ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominatsiyasida ikkinchi marta Oskarga sazovor bo‘lmoqda. Qizig‘i, 2009 yildagi Oskar mukofotini ham Valts Kventin Tarantino suratga olgan “Sharmsor haromzodalar” filmida ijro etgan natsist zobiti roli uchun olgan edi.

Xorij tilidagi eng yaxshi film nominatsiyasida Oskar mukofotini “Sevgi” filmini suratga olgan avtriyalik rejissyor Mixael Xaneke olib ketdi.
XS
SM
MD
LG