Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:02

Ramzan Qodirov Jerar Depardyega kvartira berdi


Jerar Depardye "do‘sti" Ramzan Qodirov bilan.
Jerar Depardye "do‘sti" Ramzan Qodirov bilan.
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov uning mehmoni bo'lgan frantsiyalik taniqli aktyor Jerar Depardyeni "Chechen Respublikasining faxriy fuqarosi" unvoni bilan taqdirladi va unga Grozniydan besh xonalik kvartira tuhfa etdi.

Rossiya fuqaroligini olgan Depardye Chechenistonda film suratga olish niyatida ekanini bildirdi.
Checheniston poytaxti Grozniyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Depardye chechen yetakchisi Ramzan Qodirovni “do‘stim”, deya atab, “bir odam besh yil ichida Grozniy shahrini qayta qura olganiga” tan berganini ta‘kidladi.
Inson huquqlari tashkilotlari Qodirovni qotilliklar, qiynoqlar va odam o‘g‘irlash holatlariga aloqadorlikda ayblab keladi.
Depardьe Chechenistonga yakshanba kuni Rossiyaning Mordoviya Respublikasida doimiy propiskadan o‘tkazilgach, yetib keldi. Depardьe dabdababozlik bilan o‘tkazilgan marosimda Saransk shahrining Demokratiya ko‘chasida tanishiga tegishli kvartiraga propiska qilindi.
Prezident Vladimir Putin yanvar oyida Frantsiyada soliqlar oshirilishidan shikoyat qilgan Depradьega Rossiya fuqaroligini berdi.
XS
SM
MD
LG