Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:51

O‘zbekistonda mobil telefonlarga davlat belgisi yopishtiriladi


O‘zbekiston hukumati mamlakatga kirib kelayotgan va maxsus davlat belgisi yopishtirilishi shart bo‘lgan ayrim xalq iste‘moli mollariga oid ma‘lumotni e‘lon qildi.

Norma.uz nashrida berilgan ma‘lumotga ko‘ra, bundan buyon siqilgan va suyultirilgan gaz solinadigan idishlar, elektroto‘lqinli pechlar va telefon apparatlari davlatning tegishli idorasi ko‘rigidan o‘tadi hamda bu mahsulotlarga maxsus belgi yopishtiriladi.

Bundan tashqari, audio va video materiallarni yozuvchi, o‘quvchi va qo‘yuvchi barcha elektron qurilmalarga ham maxsus davlat belgisi yopishtirilishi kerak.

Davlat belgisi bo‘lmagan taqdirda bunday iste‘mol mollarini sotish va saqlash qonunga zid hisoblanadi.

Jazo choralarida bunday qonunbuzarlik uchun eng kam ish haqqining 3 barobaridan 10 barobarigacha, takror sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqqining 15 barobarigacha jarima belgilangan.
XS
SM
MD
LG