Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:53

O‘zbekiston Yevro-5 standartidagi avtomobillarni ishlab chiqaradi


“O‘zavtosanoat” shirkati 2014 yilda Yevro-5 standarti talablariga javob beradigan “Neksiya” va “Matiz” avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Ma‘lumotlarda aytilishicha, 40 mingta mana shunday avtomobil ishlab chiqariladi.Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining xabar berishicha, mazkur loyihani amalga oshirish uchun 2 million 450 ming dollar sarflanadi.

Bunday reja Rossiyada joriy etilayotgan yangi talab bilan bog‘liq. 2013 yilning 1 iyulidan Rossiyaga olib kiriladigan avtomobillar Yevro-5 stantdarti talablariga javob berishi kerak.

2013 yilning yanvar oyida Rossiyada 6 minga yaqin “Neksiya” va “Matiz” avtomobillari sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir.
XS
SM
MD
LG