Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:57

Bahs maydoni: O‘zbek to‘yiga “qistir-qistir” kerakmi?


Ozodlikning “Bahs maydoni” eshittirishining navbatdagi sonida o‘zbek to‘ylarida san‘atkorlarga pul qistirish tarafdorlari va bunga qarshilarni taklif etamiz.

"O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda, sozanda va san‘atkorlarga to‘ylardagi xizmatlar uchun dollar yoki boshqa xorij valyutasi shaklida hisob-kitob qilishni taqiqladi.

Bu qarordan keyin to‘ylarda qo‘shiqchiyu raqqosalarga dollarda pul qistirishga ham chek qo‘yildi.

Xorazmlik san‘atkorlardan biri Dilorom halfa bu qarordan so‘ng to‘ylarda san‘atkorlarga o‘zbek so‘mi qistirish ham taqiqlangani va u garmonini yig‘ishtirib qo‘ygani haqida Ozodlikka gapirgan edi.

O‘zbeklarning to‘ylariga ham hukumatning turli xil qarorlar bilan aralashishi o‘zbekistonliklar orasida bahsu munozarani keltirib chiqardi.

Ozodlikning “Qo‘shiqchilarga dollar qistirish taqiqlandi” maqolasiga sharh qoldirgan mushtariylarning bir qismi har bir odam o‘zining to‘yiga o‘zi xo‘jayin ekanligi va to‘yni qanday o‘tkazish uning shaxsiy huquqi bo‘lib, hukumatning har qanday qarorlar bilan odamlarning shaxsiy hayotiga aralashishini noto‘g‘ri ekanligini aytadilar.

Ayni paytda, bu juda to‘g‘ri qaror ekanligi, va “artistlar xalqni mensimay qo‘ygandi”, “dollar ularni quturtirib yuborgandi”, “kelishilgan xizmat haqingni ol, qistir qistirga balo bormi” deb fikr bildiruvchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Xo‘sh, o‘zbekistonliklar to‘ylarida “qistir-qistir”larni taqiqlash haqidagi qaror to‘g‘rimi?

Odamlar san‘atkorlarning san‘atiga qoyil qolib pul qistiradimi yoki puldor ekanligini ko‘z-ko‘z qilish uchun?

Odamlar to‘ylarni qanday o‘tkazishiga hukumatning aralashishi to‘g‘rimi?


Navbatdagi Bahs maydoniga ana shu masala tarafdorlari va qarshilarini taklif qilamiz

Bahs 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da assadrskype manzilida o‘tkaziladi. Siz bu bahsda bevosita o‘z fikrlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Buning uchun sharh qoldiring va siz bilan qanday bog‘lanish mumkinligini yozing. Shuningdek bahsda qatnashish xohishini bildirgan mushtariylar sadriddin61@gmail.com elektron manziliga maktub yuborishi yoxud +420775150584 telefon raqamiga SMS qoldirishi mumkin. Biz siz bilan bog‘lanamiz.

Bahsga marhamat!
XS
SM
MD
LG