Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:06

Futbol: "Ash-Shabab" - "Paxtakor" 0:1


Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi 2-turida Birlashgan Arab Amirliklarining “Ash-Shabab” jamoasi bilan bellashib, 0:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dubayda o‘tgan o‘yindagi yagona golga toshkentliklarning 20 yoshli yarim himoyachisi Jamshid Iskandarov mualliflik qildi.

Ketma-ket ikki g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi bellashuvlarning “B” guruhida 6 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda.

Bugun, 13 mart kuni Toshkentning yana bir futbol klubi - “Bunyodkor” Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasida o‘z uyida Janubiy Koreyaning “Poxang Stilers” jamoasini qabul qiladi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadigan o‘yin poytaxtning Jar stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Bunyodkor” musobaqa 1-turidan so‘ng “G” guruhida 3 ochko toplagan holda peshqadamlik qilmoqda.

"Ash-Shabab"-"Paxtakor":

XS
SM
MD
LG