Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:03

NASA Marsda hayot bo‘lganini isbotlovchi dalillar oldi


NASA aerokosmik agentligi “Curiosity” marsyurari yuborgan ma‘lumotga asoslanib qizil sayyorada bir vaqtlar hayot bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Agentlik seshanba kuni yetti oy avval Mars sathiga qo‘ngan “Curiosity” apparatining to‘rtinchi sayyoradagi tosh tarkibi analizlarini ochiqladi.

Marsyurar yuborgan analizlarda sayyorada bir vaqtlar hayot bo‘lganiga ishora etuvchi suv qoldiqlari, loy, sulfatlar va boshqa minerallar topilgan.

NASAga ko‘ra, "Curiosity" may oyida Geyl krateridagi yana bir toshni teshib, uning takibini organik birikmalarga tekshiradi.

Bundan oldin NASAning Mars sayyorasiga yuborilgan "Opportunity" va "Spirit" marsyurarlari ham qizil sayyorada bir vaqtlar suv bo‘lganini isbotlovchi dalillar to‘plagan edi.

Biroq NASA olimlari Marsdagi suv me‘yoridan oshiqcha kislotali bo‘lgani va unda hayot bo‘lmaganini taxmin qilishgan edi.
XS
SM
MD
LG