Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:15

"Manchester Yunayted" muddatidan avval Angliya chempioniga aylandi


"Manchester Yunayted" futbol klubi 22 aprel kuni muddatidan avval Angliya premyer-ligasi chempioniga aylandi. Bu "qizil iblislar"ning premyer-ligadagi 20-chempionligi bo'ldi.

Dushanba kuni "Old Trafford"da o'tgan ushrashuvda ser Aleks Fergyusson shogirdlari chempionatning quyi o'rinlarida borayotgan "Aston Villa" jamoasi ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yinda barcha gollarga Robin van Persi mualliflik qildi.

Shunday qilib, "Manchester Yunayted" chempionat tugashiga to'rt o'yin qolganda ikkinchi o'rinda borayotgan amaldagi chempion "Manchester City" jamoasidam 13 ochkoga o'zib ketdi va muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi.

Ushbu g'alaba "qizil iblislar"ning Angliya chempionatida erishgan 20-chi titulidir. Ulardan 13 tasini jamoa bosh murabbiy ser Aleks Fergyusson boshchiligida qo'lga kiritgan.

Jamoa hujumchisi Ueyn Runining 2011 yilning fevral oyida "Manchester City" darvozasiga urgan ajoyib goli Angliya premyer-ligasining 20 yillik tarixidagi eng chiroyli gol, deb topilgan.

"Yunayted" bosh murabbiyi Aleks Fergyussonga esa 1999 yili futbol sohasidagi yutuqlari uchun Britaniya qirolligi tarafidan ritsar unvoni va ser tituli taqdim etilgan edi.

"Manchester Yunayted" - "Aston Villa" 3:0
XS
SM
MD
LG