Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:14

Rossiya samolyotlarining Suriya orqali uchishini ta‘qiqladi


Rossiya Havo transporti agentligi Rossiyaning barcha aviashirkatlariga tegishli yo‘lovchi samolyotlar Suriya havo hududi orqali uchishini ta‘qiqladi.

Bunday qaror qabul qilinishiga Suriya orqali uchayotgan Rossiya samolyoti raketa hujumiga uchragani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Dushanba kuni kuchga kirgan ta‘qiq qancha muddat davom etishi hozircha ma‘lum emas.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aleksandr Lukashevichga ko‘ra, bortida 159 yo‘lovchi bo‘lgan NordWind Airlines samolyoti Misrning Sharm Ash-Shayx shahridan Rossiyaning Qozon shahriga uchayotgan paytda uchuvchilar yerda “xavfli harbiy harakatlar” bo‘layotganini payqagan.

Uchuvchi Nikolay Raspopovga ko‘ra, yo‘lovchilar va ekipaj a‘zolari yerdan otilgan raketalar taxminan 10 ming metr balandlikka yetganini ko‘rishgan.

Moskvadagi manbaga asoslanib Interfaksning bildirishicha, noma‘lum hujumchilar samolyotga qarata “Er-Havo” rusumidagi ikkita raketa otgan.
XS
SM
MD
LG