Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:56

Internetda Bag'romdagi aviahalokat videosi paydo bo'ldi


Internetda Afg‘onistonning Bag‘rom havo bazasi yaqinida 29 aprel kuni yuk tashuvchi samolyotning halokatga uchragani tasvirga tushirilgan video paydo bo'ldi.

Video avtomobil videoregistratori kemerasiga olingan. Unga ko'ra, Boeing-747 yuk tashuvchi samolyoti balandlikka ko'tarilayotgan paytda muvozanatni yo'qotib, yerga qulagan.

Avvalroq Tolibon harakati samolyotni urib tushirganligini iddao qilgan edi. Biroq Afg'onistondagi NATO kuchlari buni rad etib, havo bazasi hududida jangarilar faolligi kuzatilmaganini ma‘lum qilgan.



Aksar Internet foydalanuvchilari aviahalokatga samolyot ichidagi yukning joyidan siljishi sabab bo'lganini tahmin qilmoqda.

Yuk tashuvchi samolyot qulashida undagi 7 kishilik ekipajining barcha pilotlari halok bo'lgan. Ular AQSh fuqarolari bo'lgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG