Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:12

“Paxtakor” OChL nimchorak finaliga chiqa olmadi


"Paxtakor" futbol jamoasi o‘z uyida "Al Shabab" jamoasiga 1:2 hisobida yutqazib, Osiyo Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.

Birlashgan Arab Amirligining “Al Shabob” va “Paxtakor” jamoasi o‘yini 1 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21 da boshlandi. Toshkentliklar uchrashuvning 38-soniyasidayoq o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishdi.

So‘nggi yillarda qit‘aning nufuzli turnirida muvaffaqiyatsiz ishtirok etayotgan “Paxtakor” jamoasi 18-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi. 66-daqiqada esa “Al Shabob” ikkinchi golni kiritdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalari o‘ta asabiy o‘tgan bo‘lsada, “Paxtakor” o‘ziga kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kirita olmadi.

Shunday qilib, 6 o'yinda atigi 7 ochko to'play olgan "Paxtakor" jamoasi OChL-2013 bellashuvlarining "B" guruhida eng ohirgi o'yinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Toshkentning yana bir klubi - "Bunyodkor" jamoasi "G" guruhida birinchi o'rinni egallab, OChL nimchorak finaliga chiqdi.

"Paxtakor" - "Al Shabab" 1:2

XS
SM
MD
LG