Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:41

Britaniyalik deputat jinsiy tajovuzda gumonlanmoqda


Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spiker o‘rinbosari Nayjel Evans bir yosh yigitni zo‘rlaganlik va boshqa biroviga jinsiy tajovuz qilganlikda gumonlanmoqda.

Evans politsiya tomonidan ushlanib, so‘roq qilingan, uning Lankashirdagi uyida esa tintuv o‘tkazilgan. Ko‘p o‘tmay 55 yoshli siyosatchini garov evaziga 19 iyungacha ozod qilganlar.

Konservativ partiya vakili bo‘lgan Evans matbuot uchun chiqargan kechagi bayonotida o‘ziga nisbat berilayotgan barcha ayblovlarni rad qilgan.

2010 yili gazetaga bergan intervyusida Nayjel Evans o‘zining gey ekanini e‘tirof etgandi.
XS
SM
MD
LG