Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:17

Ser Aleks Fergyuson "Old Trafford" bilan xayrlashdi


Angliyaning "Manchster Yunayted" futbol klubi bosh murabbiyi ser Aleks Feryuson 12 may kuni "qizil iblislar" jamoasi maydoni "Old Trafford"da muhlislar bilan xayrlashdi.

Avvalroq xabar berganimizdek, o'tgan hafta "MYu" jamoasini so'nggi 26 yil ichida boshqarib kelgan ser Aleks Fergyuson joriy mavsum so'nggida murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi ekanini ma'lum qilgan edi.

Yakshanba kuni "Old Trafford" stadionida "Suonsi"ga qarshi o'tgan o'yin Fergyuson uchun "qizil ibislar" maydonidagi so'nggi uchrashuv bo'ldi.

2:1 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlangan o'yindan so'ng ser Aleks Fergyuson stadionga kelgan qariyb 80 ming tomoshabin oldida xayrlashuv nutqini so'zladi.

- So‘zim avvalida Pol Skoulznig faoliyatini yakunlaganini aytmoqchiman. U klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Darren Flettcherning ham tez orada safga qaytishini xohlardim.

Shuni alohida ta‘kidlamoqchimanki, og‘ir vaqtlarda menga ishonishdi, klub menga ishondi, futbolchilar menga ishonishdi. Hozir “MYu”ning asosiy vazifasi yangi murabbiyga ishonish hisoblanadi.

Eng yaxshi o‘yinchilar bilan ishlaganimdan xursandman. Chempionatdagi g‘alaba ularning mehnatlari samarasi bo‘ldi.

“Manchester Yunayted”dan minnatdorman. Nafaqat klubdan, barcha muxlislardan ham. Bu hayotimdagi eng fantastik damlar bo‘ldi. Rahmat!, - dedi Fergyuson.

Ser Aleks Fergyusson "Manchester Yunayted" jamoasiga 1986 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgan edi. Bu davr ichida taniqli murabbiy 12 marta Angliya chempionatida va 2 marta Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan.

Angliya futboli ravnaqiga qo'shgan hissasi uchun Fergyusonga 1999 yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tarafidan ritsarlik unvoni berilgan.

Taniqli murabbiy qo'l ostida qator futbol yulduzlari, hususan, Erik Kantona, Devid Bekhem, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Rayan Gigz va Robin van Persilar faoliyat yuritishgan va yuritishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, bosh murabbiylik lavozimini topshirishiga qaramay ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"ning boshqaruv lavozimlarida qoladi.

19 may kuni "MYu"ning "Vest Bromvich Albion" klubiga qarshi o'tadigan o'yini esa Fergyuson uchun murabbiylik faoliyatidagi so'nggi va "MYu" dagi 1500-uchrashuvi bo'ladi.

Fergyusondan so'ng "Manchester Yunayted"da bosh murabbiy o'rnini 2002 yildan beri "Everton" jamoasini boshqarib kelgan Devid Moyes egallaydi.

"MYu" 50 yoshli murabbiy Moyes bilan 6 yillik shartnoma imzolagani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG