Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:33

O‘zbekistonlik bokschi taniqli AQSh promouteri bilan shartnoma imzoladi


Bahodir Mamajonov promouter Don King bilan.
Bahodir Mamajonov promouter Don King bilan.
Jahondagi eng kuchli bokschilar o‘nligiga kiritilgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Mamajonov mashhur promouter Don King bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.

61,2 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida janglar o‘tkazuvchi Mamajonov amerikalik promouter bilan hamkorlik unga jahon chempioni unvonini olishga yordam berishini aytgan.

Bahodir Mamajonov Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) tomonidan tuzilgan eng kuchli bokschilar ro‘yxatining ilk o‘ntaligiga kirgan. Uning oltinchi o‘rinni egallashida aprel oyida kubalik Anjelo Santana ustidan g‘alaba qozongani va WBA International kamarini qo‘lga kiritgani muhim rol o‘ynadi.

Farg‘ona boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Bahodir Mamajonov ikki yuzdan ortiq havaskorlik janglari o‘tkazgan.

Boks promouteri Don King afsonaviy bokschilar Muhammad Ali va Mayk Taysonlar bilan ishlab kelgan.
XS
SM
MD
LG