Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:15

Rossiya josuslikda ayblangan AQSh fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi


Rossiya AQShning Markaziy Razvedka Agentligi xodimi ekani gumonlanayotgan amerikalikni mamlakatni tark etishga buyurdi.

Tashqi ishlar vazirligi seshanba kuni o‘zini Rayan Kristofer Fogl, deb tanishtirgan shaxsni “iloji boricha tezroq” Rossiyani tark etishi zarurligini ma‘lum qildi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, sovuq urush davriga xos bunday provokatsion harakatlar Moskva va Vashington o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazadi.

Seshanba kuni AQShning Rossiyadagi elchixonasi xodimi Rossiya xavfsizlik xizmatlari xodimlaridan birini AQSh foydasiga ishlash uchun yollashga uringanlikda gumon qilinib, qisqa muddatga hibsga olingan edi.

Xavfsizlik xizmati bayonotida aytilishicha, qo‘lga olingan shaxs AQSh elchixonasi siyosiy bo‘limining uchinchi kotibi, degan “yopirmoq” ostida ishlagan.

AQSh davlat departamenti AQShning Moskvadagi elchixonasi xodimi qisqa muddatga hibsga olinib, qo‘yib yuborilganini tasdiqladi.
XS
SM
MD
LG