Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:15

OChL: "Bunyodkor" dastlabki uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol jamoasi seshanba kuni Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finali dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.

Tailandda o‘tgan o‘yinda murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari mahalliy “Buriram Yunayted” jamoasiga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdagi hisob 17-daqiqada mezbonlar hujumchisi Anavin Jujin tarafidan ochildi. Birinchi bo'lib son'ggida “Bunyodkor” o'yinchisi Igor Taran hisobni tenglashtirdi. O'yin 76-daqiqasida esa Ekkachay Sumrey zarbasidan so'ng mezbonlar yana oldinga chiqib olishdi.

O'yindan so'ng uyushtirilgan matbuot yig'inida toshkentliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov shogirdlari mag'lubiyatiga asosan toliqqanlik va issiq havo sabab bo'lganini aytdi.

- Bugungi o‘yindan qoniqish hosil qildim. Keyingi o‘yinda esa g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil. Bunday havoda to‘p surib, futbolchilar toliqishdi. Tailandga yetib kelgunga qadar bir yarim sutka yo‘l bosdik. Havo ham ancha issiq edi. Bugun yutqazgan bo‘lsak-da, bu holat o‘zimizga bo‘lgan ishonchni pasaytirmaydi va keyingi bosqich masalasi javob bahsida hal bo‘ladi, - deydi toshkentliklar ustozi.

“Qaldirg‘ochlar”ning “Buriram Yunayted” jamoasiga qarshi javob o‘yini 21 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

"Buriram Yunayted" - "Bunyodkor" 2:1
XS
SM
MD
LG