Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:16

"O‘zbeknavo" "behayo ashulachilar" uchun tarbiyaviy soat o‘tkazdi


O‘zbekistonda "ashulachilar vazirligi" maqomida bo‘lgan “O‘zbeknavo“ estrada birlashmasi seshanba kuni ashulachilar va ularning ma‘murlari uchun tarbiyaviy majlis o‘tkazdi.

Bu majlisda ashulachilarning "ochiq-sochiq kiyinishi¸ behayo turmush tarzi" tanqid qilingan.

Majlisda qatnashgan jurnalist shov-shuv.uz nashrining rahbari Jasur Hamroyevning Ozodlikka aytishicha¸ tadbirda estrada san‘ati atrofida urchigan tovlamachilik,yulg‘ichlik va birovning pulini o‘zlashtirish kabi muammolar ham muhokama qilingan:

- Xonandalarning repertuarlarida uchrayotgan saviyasiz qo‘shiqlar, ma‘nosiz matnlar va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan videokliplar kabi kamchiliklar haqida fikr almashish va bunga qarshi aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, uning ijrosini ta‘minlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi, deydi Jasur Hamroyev Ozodlik bilan suhbatda.

Suhbatdosh seshanba kungi majlis kun tartibida bo‘lgan jiddiy masala - san‘atkorlar bilan bog‘liq moliyaviy tovlamachilikning urchigani masalasiga ham to‘xtaldi.

- Kaniza taxallusi bilan qo‘shiq aytadigan qo‘qonlik 28 yashar Shahrizoda Ahmedovaning administratori ustidan jinoiy ochilgani ham tadbirda qayd qilindi. Bu administrator xonandalarning pulini yeb qo‘yganlikda ayblandi, deydi Jasur Hamrayev Ozodlik bilan suhbatda.

Ozodlik muxbiri Kaniza taxallusi bilan qo‘shiq aytadigan Shaxrizoda Axmedovaning vakili bilan bog‘lanib, bu ma‘lumotni tasdiqladi.

Ayni paytda Kanizaning ochiq-sochiq kiyinishi ham majlisda tanqidga sabab bo‘lgani aytildi.

O'zbekistonlik qo'shiqchi Kaniza (Shahrizoda Ahmedova)
O'zbekistonlik qo'shiqchi Kaniza (Shahrizoda Ahmedova)
Majlisda o‘zbek militsionerlarini so‘kib internetdagi Youtube.com portali qaxramoniga aylangan Abdulla Qurbonov taqdiri boshqa ashulachilarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi uqtirilgan.

Abdulla Qurbonovning odob doirasidan chiqqan holda militsiya xodimlarini "poraxo‘r", deb so‘kkani aks etgan videotasvir Internet va qo‘l telefonlarida tarqatilgach, qo‘shiqchi 22 fevral kuni litsenziyadan mosuvo qilingan edi.


“Zapret”dagi mashshoqlar


O‘zbekistondagi ko‘ngilochar matbuotda ikki taniqli xonanda Sherali Jo‘rayev hamda Yulduz Usmonovalarga qo‘yilgan “taqiq”qa ishoratlar bor.

Ozodlikka ismini aytmaslik sharti bilan suhbat bergan Toshkentdagi “Istqilol” kontsert zalida texnik muxandis bo‘lib ishlaydigan ayolning aytishicha, Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova hamda Abdulaziz Karimov kabi qo‘shiqchilar bilan shartnoma tuzmaslik borasida yuqoridan og‘zaki buyruq bor.

Ayni paytda suhbatdosh buyruqning aynan qaysi tashkilotdan tushganini ayta olmadi.

Shov-shuv.uz nashrining rahbari Jasur Hamroyevning Ozodlikka aytishicha, Yulduz Usmonova hamda Sherali Jo‘rayevlarga kontsert faoliyati taqiqlanmagan:

- Ularda birinchi darajali litsenziya bor. Bu ikkala san‘atkor uchun qo‘shiq aytish taqiqlanmagan. Shu o‘rinda ashulachi tiliga ehtiyot bo‘lsa, hech bir muammoga duch ko‘lmaydi, degan gapni qo‘shib qo‘ymoqchiman. o‘zingiz tushunasiz, dedi Jasur Hamroyev.


Balqimagan yulduz


“Fond Forum” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Asrlar sadosi” festivalida, Yulduz Usmonovaning O‘zbekiston katta sahnasiga qaytishi kutilayotgan edi.

“Asrlar sadosi” festivali ishtirokchilaridan birining aytishicha, "festival gala-kontserti fonogrammasi yozilgan diskda Yulduzning “Asrlar sadosi gimni” qo‘shig‘i ham bo‘lgan. “Progon”larda (repetitsiyalarda) ham bu qo‘shiq yangragan".

Jurnalist Ulug‘bek Haydarov Sarmishsoydagi o‘z manbalariga tayanib¸ festival yakunidagi gala-kontsert boshlanganida, Yulduzni sahnaga chiqarmaslik haqida Toshkentdan shoshilinch xabar kelgani haqida maqola yozdi.

Bu maqolada Yulduz Usmonova "bu xabarni eshitib, xos xonada o‘tirgan Gulnoraning huzuriga chopib ketgani va u yerdan yig‘lagan holda qaytib chiqqani" ta‘kidlanadi.

Ya‘ni Yulduz Usmonovaga “Asrlar sadosi” festivalida qo‘shiq kuylashga oxirgi daqiqada qudratli va noma‘lum shaxs izn bermagan.

Internetdagi sayyod.uz nashri Yulduz Usmonovaning Sarmishsoy festivali bahonasida o‘zbek sahnasiga qaytishini orziqib kutganini yozgan edi.

"Bu yilgi festivalga Yulduz shunaqangi ajoyib gimn tayyorlagandi-ki, buni ta‘riflashga til ojiz. Bu qo‘shiq jaranglashini kutgandik. Hattoki Toshkentdan Yulduzning bir qancha fanklub a‘zolari shu qo‘shiqni Yulduz sahnadan turib ijro qilishida birga bo‘lamiz, deb borib, amallab kontsertga kirib olishgandi ham. afsus..." deb yozdi nashr.

Sarmishsoydagi “Asrlar sadosi” festivalida qatnashgan Jasur Hamrayev ham boshqalar qatori Yulduzning bu yerda kuylashini kutganini aytadi:

-Biz ham kutdik. Nachora. Lekin Yulduz kuylamasa ham qizi kuyladiku. Shu ma‘noda bu yerda men hech bir fojea ko‘rmayman, dedi suhbatdosh.
XS
SM
MD
LG