Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:54

FIFA: San Paolo Jahon chempionati litsenizyasidan ayrilishi mumkin


2014 yilda o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionati o'yinlariga mezbonlik qiluvchi stadionlardan biri. Rio De Janeyro, Braziliya.
2014 yilda o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionati o'yinlariga mezbonlik qiluvchi stadionlardan biri. Rio De Janeyro, Braziliya.
Braziliyaning San Paolo shahrida yangi stadion qurilishi kechikayotgani bois kelasi yilda mazkur shahar futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi - FIFA bosh kotibi Jerom Valke bayon qildi.

Belgilangan rejaga muvofiq San Paoloda qurilayotgan "Korintians" stadioni shu yil dekabr oyida topshirilishi kerak.

Ammo, qurilish ishlariga bosh-qosh bo‘layotgan Braziliyaning "Korintians" jamoasi stadion qurilishi byurokratik to‘siqlar bois kelasi yil fevral oyigacha davom etishi mumkinligini bildirgan.

2014 yilda bo‘ladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga Braziliya mezbonlik qiladi.

Mazkur mamlakat avval ham stadion qurilishlari kechiktirilayotgani bois ogohlantirilgan edi.
XS
SM
MD
LG