Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:07

"Chelsi" Yevropa Ligasida g'olib bo'ldi


Angliyaning "Chelsi" futbol klubi o'zining tarixida ilk bor Yevropa Ligasi musobaqalarida g'alaba qozondi.

15 may kuni Amsterdan shahrida o'tgan final o'yinida "Chelsi" portugaliyaning "Benfika" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yindagi hisob 60-daqiqada londonliklar o'yinchisi ispaniyalik Fernando Torres tarafidan ochildi. Oradan 8 daqiqa o'tib esa "Benfika" hujumchisi Oskar Kardos penaltidan hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvga nuqta qo'ygan golga esa asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalar so'nggida Branislav Ivanovich mualliflik qildi.

Rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli "Chelsi" jomoasi Yevropa Ligasi finaliga yarim final o'yinlarida Shveysariyaning "Bazel" jamoasi ustidan g'alaba qozonib chiqqan edi. "Benfika" esa yarim finalda Turkiyaning "Ferenbahche" jamoasini ortda qoldirgan.

Yevropa Ligasi bellashuvlari 2008/2009 yilgi mavsumgacha UEFA Kubogi nomini olib kelgan.

"Chelsi" - "Benfika" 2:1
XS
SM
MD
LG