Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:11

Yevrovideniyeda g‘alaba daniyalik qo‘shiqchiga nasib etdi


Yevrovideniye-2013 tanlovi g‘olibasi Emmeli de Forest.
Yevrovideniye-2013 tanlovi g‘olibasi Emmeli de Forest.
Shanba oqshomida Shvetsiyaning Malmyo shahrida o‘tkazilgan Yevrovideniye-2013 tanlovi finalida daniyalik Emmeli de Forest g‘olib chiqdi.

20 yoshli Emmeli de Forestning g‘alabasi ayrim qo‘shiqsevarlar uchun kutilgan natija bo‘lsa, boshqalar uchun syurpriz bo‘ldi.

Only Teardrops qo‘shig‘ini ijro etgan Emmeli pirovardida o‘zining 25 nafar raqibini dog‘da qoldirdi.

281 ball jamg‘argan daniyalik qo‘shiqchiga ovoz berishda ishtirok etgan 39 mamlakatdan 8 tasi eng yuqori, ya‘ni 12 balldan berdilar.

Ikkinchi o‘rinni Hold me qo‘shig‘ini ijro etgan va 234 ball yiqqan ozarbayjonlik Farid Mamedov egalladi. Uchinchi o‘rin esa 214 ball jamg‘arolgan ukrainalik Zlata Ognevichga nasib etdi.

Tanlovda boshqa postsovet o‘lkalaridan ham qo‘shiqchilar qatnashdi. Xususan, rossiyalik Dina Garipova 5-o‘rinni, moldovalik Alena Mun 11-o‘rinni, gruziyalik Sofo Gelovani i Nodiko Tatishvili 15-o‘rinni, belaruslik Alena Lanskaya 16-o‘rinni, armanistonlik Dorians 18-o‘rinni, estoniyalik Birgit 20-o‘rinni, litvalik Andrius Pojavis esa 22-o‘rinni egalladi.

Yevrovideniye Yevropa yoyinlov uyushmasiga (EBU) a‘zo bo‘lgan mamlakatlar orasida o‘tkazib kelinadigan estrada qo‘shig‘i konkursi bo‘lib hisoblanadi. U 1956 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.

Shvetsiyada o‘tgan bu yilgi tanlovga TeliaSonera shirkati homiylik qildi. O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga kirish uchun Gulnora Karimovaga pora berganlikda ayblanayotgan bu shirkatning Yevropadagi nufuzli madaniy tadbirga homiylik qilayotgani avvalroq jiddiy e‘tirozlarga sabab bo‘lgan va bu haqda avvalroq Ozodlik yozgandi.

Yevrovideniye-2013 shousini butun dunyo bo‘ylab millionlagan muxlislar tomosha qildilar.

Galdagi Yevrovideniye konkursi, taomilga ko‘ra, tanlov g‘olibi mansub bo‘lgan mamlakatda, ya‘ni Daniyada o‘tkaziladi.

Emmeli de Forest - "Only teardrops"
XS
SM
MD
LG