Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:38

Yahoo! shirkati Tumblr'ni sotib olmoqchi


Yahoo! shirkati Tumblr blogxistingini sotib olmoqchi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar berdi.

Hozircha ikki taraf oldi-sotti bo'lganini rasman tasdiqlagani yo'q. Kuzatuvchilar bu haqda Yahoo! shirkati tarafidan dushanba kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan matbuot yig'inida e'lon qilinishini tahmin qilishmoqda.

Matbuotdagi xabarlarga ko'ra, Tumblr'ni sotib olish Yahoo! uchun 1,1 milliard AQSh dollariga tushgan.

Tumblr blogxostingi 2007 yili ishga tushirilgan va ayni damda qariyb 108 million blogga ega.

Yahoo! shirkati auditoriyasining asosiy qismi yoshlar bo'lgan Tumblr yordami bilan o'z foydalanuvchilari orasida yoshlar orasiga kirib bormoqchi ekani aytilmoqda.

37 yoshli Marissa Mayer 2012 yilda Yahoo! shirkati rahbari etib tayinlanganidan so'ng shirkat bir nechta online xizmatlarni, jumladan, 17 yoshli britaniyalik dasturchi tuzgan Summly xizmatini sotib olgan edi.
XS
SM
MD
LG