Линклар

Шошилинч хабар
02 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:43

"Bunyodkor" Osiyo Chempionlar ligasi bilan hayrlashdi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol jamoasi 21 may kuni Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finali javob uchrashuvida o'z maydonida Taylandning “Buriram Yunayted” jamoasi bilan durang o'ynadi.

Ikkala jamoada ham gol urish uchun qulay vaziyatlar bo'lgan bo'lsa-da, “Bunyodkor” stadionida o‘tgan o'yinda hisob ochilmadi - 0:0.

Eslatamiz, 14 may kuni Taylandda o‘tgan nimchorak finalining dastlabki uchrashuvida “qaldirg‘ochlar” mezbonlarga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Shunday qilib, toshkentlik "qaldirg'ochlar" nimchirak final bosqichidayoq OChL-2013 bellashuvlaridan chiqishga majbur bo'lishdi.

O'yindan so'ng o'tgan matbuot anjumanida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mag'lubiyat sabablariga to'xtalib o'tdi.

- Nima desa bo‘ladi? Qo‘ldan kelgancha harakat qildik. Ammo darvozaga yo‘l topa olmadik. Hech kimga e‘tiroz yo‘q. To‘g‘ri, ba‘zi futbolchilar o‘z darajalarida to‘p sura olishmadi. Muxlislarga rahmat. Shunchalik kelib bizni qo‘llab turishdi. “Buriram”ga keyingi o‘yinda omad tilayman”, - dedi Qosimov.



OChL-2013 bellashuvlarida qatnashgan yana bir o'zbekistonlik jamoa - "Paxtakor" guruh bosqichidan chiqa olmagan edi.
XS
SM
MD
LG