Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:00

GM Uzbekistan Moskvada Gentra avtomobili taqdimotini o‘tkazdi


GM Uzbekistan Amerika-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi Rossiyada Gentra rusumidagi yangi avtomobilning taqdimot marosimini o‘tkazdi.

S-klassdagi Gentra sedan avtomobili Lacetti platformasi asosida yaratilgan bo‘lib unga 105 ot kuchiga ega bo‘lgan to‘rt tsilindrli motor o‘rnatilgan.

Mexanik transmissiyali Gentra shaharda 100 kilometr masafaga 8,46 litr yonilg‘i sarflaydi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Rossiyada 1 iyundan Gentra avtomobilini 399 ming rubldan sota boshlashni rejalangan.

Joriy yil birinchi choragida O‘zbekistondan Rossiyaga avtomobil eksporti hajmi o‘tgan yil shu davriga nisbatan 13 foizga ko‘payib, 15 ming 898 donani tashkil qilgan.

Yanvar-mart oylarida Rossiyada Nexia avtombili savdosi 11 foizga (9345 dona) va Matiz savdosi 16 foizga (6553 dona) ko‘paygan.

Hozir "GM Uzbekistan" qo‘shma korxonasida Nexia, Lacetti, Malibu, Cobalt, Matiz, Spark, Captiva va Damas avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
XS
SM
MD
LG