Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:58

Qirg‘izistonda norozilar Bishkek-O‘sh trassasini to‘sib qo‘ydi


Jalolobod viloyatining Barpi qishloq hukumati hududida norozilar Bishkek-O‘sh trassasini to‘sib qo‘ydilar. Ikki tomondan yuzlab mashinalar yig‘ilib qolgani natijasida bu joyda tiqilinch yuzaga keldi.

Trassani to‘sgan norozilar o‘z liderlari Meder Usenovning zudlik bilan ozod qilinishini talab qilmoqdalar.

31 may kuni Jalolobod viloyat hokimiyatini egallab olgan namoyishchilar Meder Usenovni “xalq gubernatori” deb e‘lon qilgandilar.

Hokimiyat binosining bosib olinishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng Usenov 2 iyun kuni milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingandi.

Ayni paytda 10 iyungacha favqulodda holat e‘lon qilingan Jetio‘guz tumanida vaziyat barqaror ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG