Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:22

“O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘z tasarrufidagi olti uchoqni sotmoqchi


Aviashirkat matbuot xizmati tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchta A-310 va uchta RJ-85 samolyotlarini sotuvga qo‘ymoqda.

Bu qaror samolyotlar parkini yagona ko‘rinishga keltirish, aniqrog‘i, Boeing samolyotlariga almashtirish niyatida qabul qilingani aytilmoqda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” AQShda ishlab chiqarilgan Boeing samolyotlaridan 1996 yildan beri foydalanib keladi.

Hozirda shirkat parkida Boeing-757/767, A320, A310, RJ-85 va Il-114-100 samolyotlari bor.

Aviashirkat va Boeing o‘rtasidagi shartnoma ko‘ra, AQSh kompaniyasi yana ikkita Boeing-787-8 Dreamliner samolyotlarini yetkazib berishi lozim.
XS
SM
MD
LG